AsosiyJamiyat

Katta Farg`ona kanaliga cho`kib ketgan bolaning jasadi 9 kun o`tib topildi

'Katta Farg`ona kanaliga cho`kib ketgan bolaning jasadi 9 kun o`tib topildi'ning rasmi

Joriy yilning 25 may kuni Katta Farg`ona kanalida maktab bitiruvchisi oqib ketgani haqida xabar berilgandi.Uning jasadi 3 iyun kuni topildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma`lum qildi.

Xabarda aytilio`icha, bolaning jasadi kecha, 3 iyun kuni soat 18:20da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi g`avvos-qutqaruvchilari tomonidan Oltiariq tumani Tinchlik shaharchasidan oqib o`tuvchi janubiy Katta Farg`ona kanalidan topilgan.

25 may kuni Qo`shtepa tumanidagi maktablarning biridagi bitiruvchilar “Paxtakor” mahallasi hududidan oqib o`tadigan Katta Farg`ona kanaliga cho`milish maqsadida borgan. Ulardan biri esa cho`milish vaqtida suvdan qaytib chiqmagan.

    Boshqa yangiliklar