AsosiyJamiyat

Jurnalistni so`kkan shaxsga ma`muriy ish ochildi

'Jurnalistni so`kkan shaxsga ma`muriy ish ochildi'ning rasmi

“MY5” telekanali jurnalisti Nozimjon Teshaevni noma`lum shaxs haqorat qilgani va jurnalistik faoliyatiga to`sqinlik qilgani xabar berilgandi. 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining ma`lum qilishicha,  1993 yilda tug`ilgan M.Ya. jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan N.Teshaev bilan og`zaki janjallashib, jamoat tartibini buzgan.  

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug`bek tumani IIO FMB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`grisidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.  

Hujjatlar o`rnatilgan tartibda ko`rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo`yicha tuman sudiga taqdim etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar