AsosiyJamiyat

Samarqandda ayol erining akasi tomonidan kaltaklandi

'Samarqandda ayol erining akasi tomonidan kaltaklandi'ning rasmi

Samarqand viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi Jomboy tumanida yashovchi ayolning kaltaklangani bo`yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan tezkor o`rganish ishlari olib bordi.

Dastlabki ma`lumotga ko`ra, 1982 yilda tug`ilgan ayol M.Ravshanova va turmush o`rtog`ining akasi A.Ravshanov o`rtasida o`zaro kelishmovchilik kelib chiqqan. Fermer xo`jaligi ishchisi bo`lgan A.Ravshanov fermer xo`jaligi ekin maydoniga qoramoli tushgani uchun M.Ravshanovaga tan jarohati etkazgan. Ayni vaqtda bemorning salomatligi, huquqiy himoyasi doimiy nazoratda. Tuman IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilyapti.

Ayol shu yilning 30 may kuni yuz va qo`l-oyoq sohasidagi jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan bo`lib, ayni vaqtda ahvoli nisbatan qoniqarli. Shifokorlar tomonidan barcha zarur tibbiy yordamlar ko`rsatilyapti. Ayolga huquqiy va pisxologik ko`mak berilgan. 

 

    Boshqa yangiliklar