AsosiyJamiyat

Respublika maqsadli kitob jamg`armasi faoliyati tugatilmoqda

'Respublika maqsadli kitob jamg`armasi faoliyati tugatilmoqda'ning rasmi

Prezidentning joriy yil 26 maydagi farmoniga ko`ra, 2022/2023 o`quv yilidan boshlab maktab darsliklarining ijara to`lovi to`liq davlat budjeti mablag`lari hisobidan qoplanadi hamda o`quvchilarga darsliklar bepul foydalanishga topshiriladi.

Joriy qilingan ushbu tizim sabab budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg`armasi faoliyati tugatiladi.

Bunda, Respublika maqsadli kitob jamg`armasining barcha funksiyalari Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligiga o`tkaziladi. 

Shuningdek, davlat byudjeti hisobidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag`lar alohida shaxsiy g`azna hisobvarag`ida yuritish orqali mustaqil tasarruf etiladi.

    Boshqa yangiliklar