AsosiyDunyo

Erdo`g`on Turkiya prezidenti sifatida qasamyod qildi (video)

'Erdo`g`on Turkiya prezidenti sifatida qasamyod qildi (video)'ning rasmi

Bugun, 3 iyun kuni Anqaradagi Turkiya parlamenti binosida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`onning qasamyod qilish va inaugurasiyasining tantanali marosimi bo`lib o`tdi. 

Inaugurasiya marosimi ishtirokchilari orasida dunyoning 78 davlati vakillari, jumladan, 20 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari bo`lgan. Ular orasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ham bor. 

Turkiya parlamenti muvaqqat raisi Devlet Baxcheli davlat rahbariga prezidentlik saylovidagi g`alabasidan dalolat beruvchi hujjatni topshirgan. Keyin Erdo`g`on Turkiya xalqiga qasamyod matnini o`qib eshittirgan.

Ma`lumot uchun, Erdo`g`an inaugurasiya marosimidan so`ng Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk maqbarasiga gulchambar qo`yadi. Shundan so`ng Turkiya rahbari Chankaya qarorgohiga yo`l oladi va u erda oliy martabali mehmonlar sharafiga rasmiy ziyofat beriladi.

Tadbirning oxirgi nuqtasi esa Turkiyaning qayta saylangan Prezidenti mamlakatning yangi hukumati tarkibini e`lon qiladigan brifing bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar