AsosiyJamiyat

Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to`plagan 200 talabaga Prezident granti beriladi

'Kirish imtihonlarida eng yuqori ball to`plagan 200 talabaga Prezident granti beriladi'ning rasmi

Kunduzgi ta`lim shakli imtihonlarida eng yuqori ball to`plagan 200 talaba Prezident grantini oladi. Imtihonlarda to`plash mumkin bo`lgan maksimal ball – 189 ball. Agar talaba kontraktga qabul qilingan bo`lsa ham, Prezident grantiga loyiq ko`rilsa, grant asosida o`qiydi.

Prezident granti stipendiyasi talabaga 1-kursdan oyma-oy to`lanadi. Lekin agar talaba birorta fanini "a`lo" bahoga yopolmasa ham, keyingi semestrda prezident granti stipendiyasini emas, oddiy stipendiya oladi. Keyingi semestrni "a`lo" bahoga yopsa, talaba yana grant stipendiyasini olishda davom etadi. Bu stipendiya miqdori Prezident stipendiyasi bilan bir xil. 

O`qishni tugatguncha grant stipendiyasini uzluksiz olgan talabalar o`z sohasi bo`yicha magistraturaga grant asosida imtihonsiz qabul qilinadi. 

    Boshqa yangiliklar