AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga hamdardlik bildirdi

'Shavkat Mirziyoev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev Hindiston sharqidagi Odisha shtatida 2 iyun, juma kuni kechqurun poezdlar to`qnashuvi oqibatida 300 ga yaqin insonlarning halok bo`lganligi sababli hamdarsdlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoev Hindistonning Odisha shtatida ro`y bergan temir yo`l halokati oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lgani va jarohatlangani munosabati bilan Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va bosh vaziri Narendra Modiga ta`ziya yo`llagan.

Shuningdek, davlat rahbari vafot etganlarning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohat olganlar tez fursatda sog`ayib ketishini ham tilagan.

    Boshqa yangiliklar