AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi ayrim hududlarga “ekomahalla”, “ekoqishloq” va “ekoovul” maqomi beriladi

'O`zbekistondagi ayrim hududlarga “ekomahalla”, “ekoqishloq” va “ekoovul” maqomi beriladi'ning rasmi

”Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–171-son, 31.05.2023 y.) qabul qilindi

Qaror bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi tuzilmasida Situasion markaz tashkil etildi.

2023 yil 1 iyulgacha “Toza hudud” davlat unitar korxonalari va obodonlashtirish boshqarmalariga tegishli qattiq maishiy chiqindi poligonlari Vazirlik tasarrufiga o`tkaziladi.

 2025 yil 1 yanvargacha tibbiyot muassasalari, veterinariya va farmasevtika sohasi tashkilotlarining chiqindilari bo`yicha quyidagi tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi:

  • chiqindilarni yig`ish va saqlash soha tashkilotlari tomonidan;
  • ushbu chiqindilarni olib chiqib ketish va utilizasiya qilish sanitar tozalash korxonalari tomonidan markazlashgan holda amalga oshiriladi.

2023 yil 1 iyuldan qattiq maishiy chiqindilarni to`plash, olib chiqib ketish bo`yicha aholiga ko`rsatilgan xizmatlar uchun vujudga kelgan qarzdorlikni majburiy tartibda undirish uchun sudga da`vo arizalari sanitar tozalash xizmatlarini ko`rsatuvchi korxonalar tomonidan kiritiladi.

2024 yil 1 yanvardan Bo`stonliq va Zomin tumanlaridagi turistik-rekreasion zonalarda ekologik toza hudud rejimi tatbiq etiladi.

Vazirlik davlat organlari va tashkilotlarida qog`ozdan foydalanishni keskin kamaytirish, ayrim yo`nalishlarda faoliyatni to`liq raqamlashtirish orqali qog`ozdan to`liq voz kechish bo`yicha nazorat o`rnatishga mas`ul etib belgilandi.

2024 yil 1 martdan ekologik toza hudud rejimi joriy qilingan hududlardagi fuqarolar yig`inlariga “ekomahalla”, “ekoqishloq” va “ekoovul” maqomi beriladi.

    Boshqa yangiliklar