AsosiyJamiyat

Toshkentda maktab o`quvchilari o`zaro janjallashdi. Jarohatlanganlar bor

'Toshkentda maktab o`quvchilari o`zaro janjallashdi. Jarohatlanganlar bor'ning rasmi

Joriy yilning 23 may kuni taxminan soat 11.00 larda Chilonzor tumanida joylashgan maktablardan birining oldida 10-sinf o`quvchilari o`zaro janjallashdi. Bu haqda shahar IIBB xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 2006 yilda tug`ilgan A.X. va D.O`. shu maktabning 9-sinf o`quvchilari: 2007 yilda tug`ilgan Sh.E. va I.T.lar bilan o`zaro kelib chiqqan kelishmovchilik sababli janjallashgan. Janjal natijadasida Sh.E. va I.T.lar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. O`tkazilgan sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko`ra, Sh.E. va I.T.larga sog`liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan engil tan jarohati etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.   

    Boshqa yangiliklar