Yong`in va tabiiy ofatlarni nazorat qilish agentligi Yaponiya bo`ylab qariyb 1,3 million kishiga yaqinlashib kelayotgan bo`ronga qarshi evakuasiya qilishni maslahat berdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Bo`ron juma kuni Yaponiyaning ayrim hududlarida kuchli yomg`ir keltirib chiqardi. Okinavada shamol soatiga 90 kilometr tezlikda esgan. Buning oqibatida sakkiz kishi jarohatlandi.
Nashr ma`lumotlariga ko`ra, 300 dan ortiq reys va 52 ta parom bekor qilingan, shuningdek, bir qancha temiryo`l liniyalari vaqtincha yopilgan.






