AsosiyJamiyat

⚡Farhod Mannopovning (Mittivine) o`limiga sabab bo`lgan "Star Med" klinikasining lisenziyasi bekor qilindi (video)

'⚡Farhod Mannopovning (Mittivine) o`limiga sabab bo`lgan "Star Med" klinikasining lisenziyasi bekor qilindi (video)'ning rasmi

Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sog`liqni saqlash vazirligi “Omad plyus” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan 2023 yil 28 aprel kuni Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza bilan murojaat qilib, unda Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan “Omad plyus”mas`uliyati cheklangan jamiyatiga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun 2021 yil 16 fevral kuni berilgan 27390032-raqamli lisenziyani bekor qilishni so`ragan.

Arizada lisenziyani bekor qilishning asoslari sifatida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini lisenziyalash tartibi to`g`risidagi yagona Nizom”ning 27-ilovasi 9-bandi talablari qo`pol ravishda buzilganligi, xususan, xalq orasida “Mittivine” taxallusi bilan tanilgan marhum F. Mannopovga tibbiy yordam ko`rsatgan shifokorlarda malakaviy toifa mavjud bo`lmaganligi, birlamchi tibbiy hujjatlar lozim darajada yuritilmaganligi, tibbiy texnikaning metrologik me`yorlarga mosligi bo`yicha davriy tekshiruv o`tkazilmaganligi kabi bir qator kamchiliklarga yo`l qo`yilganligi, javobgar tomonidan marhum F. Mannopovga tibbiy xizmat ko`rsatishda bir qator lisenziya talab va shartlari buzilganligi, ushbu holatlar “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to`g`risida”gi Qonunning 33-moddasi talabiga ko`ra lisenziyani bekor qilish uchun asos bo`lishi qayd etilgan.

Sudning 2023 yil 15 maydagi muhokamasida javobgar advokatining ishni klinikaning mansabdor shaxslariga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yakuniga qadar mazkur nizo yuzasidan ish yuritishni to`xtatib turish to`g`risidagi og`zaki iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilib, shu kungi muhokama taraflar vakillarining iltimosnomalari qanoatlantirilgan holda boshqa muddatga qoldirilgan.

Sudning 2023 yil 25 maydagi majlisida javobgarning advokati yuqoridagi mazmundagi iltimosnomasini yozma shaklda taqdim etib, unga jinoyat ishiga daxldor bo`lgan hujjatlarni ilova qilgan.

O`z navbatida arizachi vakillari marhum F. Mannopovga tibbiy xizmat ko`rsatishda bir qator lisenziya talab va shartlari buzilganligini asoslovchi hujjatlarni sudga taqdim etgan.

Sud ushbu muhokamada taqdim etilgan, xususan, ish yuritishni to`xtatish uchun asos sifatida iltimosnomaga ilova qilingan hujjatlarni o`rganish, shu bilan birga ishda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga o`z talab hamda e`tirozlarini asoslovchi hujjatlarni taqdim etishga imkon bergan holda muhokamani boshqa muddatga qoldirgan.



"Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yil 2 iyundagi hal qiluv qaroriga ko`ra Sog`liqni saqlash vazirligining “Omad plyus” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan berilgan lisenziyani bekor qilish to`g`risidagi arizasi qanoatlantirilib, “Omad plyus” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan 2021 yil 16 fevraldagi 27390032-raqamli lisenziya bekor qilingan" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar