AsosiyJamiyat

20.000 AQSh dollari evaziga “Haj vizasi” qilib berishni va`da qilganlar qo`lga olindi

'20.000 AQSh dollari evaziga “Haj vizasi” qilib berishni va`da qilganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari 2023 yilning 31 may kuni fuqaro “Yu.A.” ning arizasida keltirilgan vajlarni tekshirib ko`rish maqsadida, Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida joylashgan "E.R"  MChJ ofisida tezkor tadbir o`tkazilgan. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

Tadbirda, "E.R" MChJ rahbari “X.M.” va jamiyat menedjeri “B.Ch.” bir guruhga birlashib, oldindan jinoiy til biriktirib, fuqaro “A.M.”ning ishonchiga kirib, uni aldab, unga va onasiga yuqori lavozimda ishlovchi mansabdor tanishlari orqali 20.000 AQSh dollari evaziga “Haj” ziyoratini amalga oshirish uchun “Haj vizasi” qilib berishni va`da qilib, shundan 4.000 AQSh dollarini olgan vaqtda xolislar ishtirokida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Yashnobod tumani bo`limi tomonidan fuqarolar “Ya.X.” va “M.B.” va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar