Davlat oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo`yicha davlat komissiyasining bayoni bilan test sinovi o`tkaziladigan binolar ro`yxati tasdiqlandi. Bu haqida Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, 2023-2024 o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish bo`yicha test sinovlari katta sig`imli binolarda o`tkaziladi.
Bunda test sinovlarini o`tkazish uchun 92 ta bino tanlab olingan bo`lib, bir smenada 44 ming nafar abiturient test sinovida ishtirok etishi mumkin bo`ladi.
"Binolar Bilimni baholash agentligi tomonidan mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tanlab olingan. Agentlikka mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda test sinovlari o`tkaziladigan binolar ro`yxatiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish vakolati berilgan bo`lib, binolar ro`yxatida o`zgarishlar bo`lishi mumkin",– deyiladi agentlik xabarida.






