Joriy yilning 5-8 iyun kunlari O`zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi. Bu haqda O`zgidromet xabar bermoqda.
Buking hisobiga maksimal havo harorati, jumladan:
5-6 iyunda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida 40-41 darajagacha;
6-8 iyunda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 40-42 darajagacha;
5-8 iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 38-40 darajagacha;
7-8 iyunda Farg`ona vodiysi viloyatlarida 36-39 darajagacha ko`tariladi.
7-8 iyun kunlari shimolda, janubda va cho`l hududlarida ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi.






