AsosiyJamiyat

Toshkentda jamoat transportida yo`l haqi 1 avgustdan oshadimi?

'Toshkentda jamoat transportida yo`l haqi 1 avgustdan oshadimi?'ning rasmi

May oyi oxirida Toshkentda jamoat transportida naqd pulda to`lanadigan yo`l haqi kartada to`langan summadan ko`ra qimmatlashishi kerak edi.

Yangi tizimda bir transportdan boshqasiga o`tish uchun yangi tariflar paydo bo`lishi rejalashtirilgandi. Unda bir soat ichida karta orqali to`lab "peresadka" qiladigan bo`lsangiz, ikkinchi transportda chipta narxi arzonga tushishi aytilgandi. O`zgartirishlar O`zbekiston prezidentining fevraldagi jamoat transporti tizimini isloh qilish to`g`risidagi qarorida ko`zda tutilgan, biroq o`zgarishni bahordan kuzga ko`chirishga qaror qilindi.

Toshkent shahar Kengashi deputati Xusniddin Ergashevning ma`lum qilishicha, ayrim deputatlar "tariflar oshirilishiga keskin qarshi.

"Yo`l haqi 1 avgustgacha oshmaydi. Ammo 1 avgustda oshadi",  deb yozadi deputat.

    Boshqa yangiliklar