Norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan qonun ma`qullandi. Xususan, yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo`lgan jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy soliq summasining amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan, endilikda yillik bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobari miqdorida soliq to`lashi belgilanmoqda.
Shuningdek, kiritilayotgan o`zgartishga ko`ra, chorvachilik (qoramol, qo`y, echki, ot va boshqalar), issiqxona, parrandachilik (bedana, kurka, g`oz, o`rdak), quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog`dorchilik, limonchilik, gulchilik faoliyat turlari bilan shug`ullanayotgan fuqarolarga ularga tegishli bo`lgan tomorqa er uchastkasi maydoni yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat`iy nazar ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliqni to`lashga ruxsat etilishi belgilanmoqda.
01.06.2023 17:41
Senat norasmiy bandlikni qisqartirishga qaratilgan qonunni ma`qulladi






