Samarqand shahridagi Arxeologiya instituti qarshisida qurilayotgan binoning 7-qavatidan zinapoyalar orasidan pastga tushib ketgan ishchi vafot etdi.
Samarqand shahri bo`yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga qarashli 6-Ichki ishlar bo`linmasidan olingan ma`lumotga qaraganda, voqea joriy yilning 6 may kuni sodir bo`lgan.
Suvoqchilik ishlari bilan shug`ullangan qashqadaryolik B.A voqea joyida vafot etgan. Marhum qurilayotgan binoning 7-qavatidan tushib ketganligi aynan Ichki ishlar organi tomonidan tarqatilgan ma`lumotnomada ko`rsatib o`tilgan. Ammo, shunisi qiziqki, bino qurilishiga ruxsat berilgan shahar hokimining 2019 yil 14 noyabrdagi qarorida u uch qavatdan iborat bo`lishi belgilangan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo`yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilganligini ma`lum qilindi.






