AsosiyJamiyat

Ra`no Yarashevaning otasi 96 yoshida vafot etdi

'Ra`no Yarashevaning otasi 96 yoshida vafot etdi'ning rasmi

O`zbekiston va Qoraqalpog`istonda xizmat ko`rsatgan artist Ra`no Yarasheva og`ir judolikka uchradi. Uning otasi Sayfullo hoji Yarashev kecha, 31 may kuni 96 yoshida vafot etdi. 

Sayfullo hoji Yarashev 1928 yilning 13 sentyabrida Samarqandda tavallud topgan. U umrini ta`limga bag`ishladi, maktabda o`qituvchi, so`ng direktor, tuman xalq ta`limi bo`limi boshlig`i lavozimlarida ishladi. Nafaqaga chiqqach ham tinch o`tirgani yo`q. Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on shahrining aholisi eng ko`p mahallasi “Kunjupay” MFYga raislik qildi. 

Sayfullo hoji Yarashev 9 farzandning otasi (4 o`g`il 5 qiz), 31 nabira, 62 evara, 2 chevaraning bobosi edi. Ra`no Yarasheva farzandlar orasida to`rtinchisi, uch o`g`ildan keyin to`ng`ich qiz.

    Boshqa yangiliklar