AQSh turistik viza toifasiga hamda petisiya talab etmaydigan noimmigrasion viza turlariga murojaat etuvchilar uchun ma`muriy to`lov miqdori 2023 yil 17 iyundan boshlab 160 AQSh dollaridan 185 AQSh dollariga ko`tariladi. Bu haqda AQShning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmatining xabar berdi.
Shuningdek, vaqtinchalik ishchilar uchun petisiya (H, L, O, P, Q va R toifalari) asosidagi boshqa noimmigrasion vizalar uchun viza to`lovlari 190 dollardan 205 dollargacha ko`tariladi.
Davlat departamentining tushuntirishicha, noimmigrasion vizalar uchun to`lovlar konsullik xizmatlarlarining narxiga bog`liq.






