AsosiyDunyo

Hindistonda o`tkaziladigan ShHT sammiti virtual formatda tashkil etiladi

'Hindistonda o`tkaziladigan ShHT sammiti virtual formatda tashkil etiladi'ning rasmi

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammiti 4 iyul kuni virtual formatda bo`lib o`tadi, deyiladi tashkilotga raislik qilayotgan Hindiston tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

“Hindistonning ilk raisligi ostida 2023 yil 4 iyul kuni ShHT Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi virtual formatda bo`lib o`tadi”, — deyiladi xabarda.

Eron, Belarus va Mo`g`uliston sammitga kuzatuvchi davlat sifatida, Turkmaniston mehmon sifatida taklif etilgan.

Tashqi ishlar vazirligi Hindistonning ShHTga raisligi davrini a`zo davlatlar o`rtasidagi “qizg`in faoliyat va o`zaro manfaatli hamkorlik davri” deb ta`riflagan. 

Hindiston ommaviy axborot vositalari sammitni virtual formatda o`tkazish qarorini kutilmagan deb atadi. Hindu nashrining manbalarga tayanib yozishicha, bu qarorga “jadvaldagi qiyinchiliklar” sabab bo`lishi mumkin va Hindiston hukumati ShHTning ayrim etakchilari, jumladan, Xitoy va Pokistondan yakuniy tasdiq olmagan. Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining jadvali ham juda band, deydi rasmiylar.

O`tgan yili  ShHT sammiti sentyabr oyida Samarqandda o`tkazilgan edi. Unda Eronni ShHTga to`laqonli a`zolik qilish to`g`risida o`zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Mamlakat Hindistondagi sammitda tashkilotga a`zo bo`lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar