AsosiyJamiyat

AQShning Toshkentdagi elchixonasi viza to`lov narxlarini oshirdi

'AQShning Toshkentdagi elchixonasi viza to`lov narxlarini oshirdi'ning rasmi

AQShning O`zbekistondagi elchixonasi viza uchun ma`muriy to`lov miqdorining oshirilishi 2023 yil 30 may kunidan emas, 2023 yil 17 iyundan e`tiboran kuchga kirishini ma`lum qildi. 

AQSh turistik viza toifasiga hamda petisiya talab etmaydigan noimmigrasion viza turlariga murojaat etuvchilar uchun ma`muriy to`lov miqdori 160 AQSh dollaridan 185 AQSh dollariga ko`tariladi. Petisiya asosida bo`lgan (H, L, O, P, Q va R) viza toifalariga murojaat etuvchilar uchun ma`muriy to`lov miqdori 190 AQSh dollaridan 205 AQSh dollariga ko`tariladi. 

Vizaga murojaat etish bo`yicha batafsil ma`lumotga rasmiy uz.usembassy.gov/visa va travel.state.gov/visas veb-sahifalari orqali ega bo`lishingiz mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar