Prezidentlar va hukumatlar rahbarlari Turkiyaning qayta saylangan Przidenti Rajab Toyyib Erdog`anning saylovdagi g`alabasi bilan tabriklamoqda. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Kommunikasiyalar boshqarmasi rahbari Fahrettin Altun ma`lum qildi.
Xabarda aytilishicha, Ozarbayjon, O`ZBEKISTON, Turkmaniston, Qozog`iston, AQSh, Rossiya, Ukraina, Angliya, Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr, Falastin, Isroil, Liviya, Pokiston, Gvineya-Bisau davlat va hukumat rahbarlari telefon orqali tabriklagan.
Erdog`an nomiga hozirgacha 19 davlatdan telefon orqali tabrik yo`llangan. Shuningdek, 100 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari yozma maktubida Erdog`anni qayta saylangani bilan tabriklagan.
"Prezidentimiz ikki tomonlama munosabatlarimizni yaxshilash, mintaqaviy va global muammolarni hal etish, yangi davrda tinchlik va barqarorlikka hissa qo`shishda etakchi diplomatiya imkoniyatlaridan foydalanishda davom etadi",–deyiladi Fahrettin Altun bayonatida.






