AsosiyDunyo

Erdog`anning inaugurasiyasi qachon o`tkazilishi ma`lum qilindi

'Erdog`anning inaugurasiyasi qachon o`tkazilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Rejep Tayyip Erdog`anning Turkiya prezidentligiga qayta saylangani munosabati bilan bo`lib o`tadigan inaugurasiya marosimi 3 iyunda bo`lishi mumkin. Bu haqda  prezident maslahatchisi Mexmet Uchum Twitter’dagi sahifasida yozdi deb xabar bermoqda Zamon.uz.

"Agar Oliy saylov komissiyasi prezident saylovining yakuniy natijalarini 1 iyunda e`lon qilsa, inaugurasiya marosimi 3 iyun kuni Anqarada bo`lib o`tadi. Shu kuni Erdog`an yangi Vazirlar Mahkamasi ro`yxatini ham oshkor qiladi", - deydi Uchum.

Ta`kidlanishicha, qayta saylangan prezidentning inaugurasiyasida ishtirok etadigan xorijlik etakchilar ro`yxati hali to`liq shakllantirilmagan.

Ma`lumot uchun, Erdog`an prezident saylovining ikkinchi bosqichida 52 foiz ovoz bilan g`alaba qozongandi.

    Boshqa yangiliklar