Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2023/2024-o`quv yili uchun hujjatlar qabuli 10 iyundan – 30 iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
Talabgorning:
- tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomasi;
- fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
- ota-onasi yoki uning o`rnini bosuvchi shaxsning pasport ma`lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
- baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).
Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari «5» baho (a`lo) bo`lishi lozim.
Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
- 2023-2024-o`quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg`ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.






