O`zbekiston energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudov va ”Gazprom” boshqaruvi raisi Aleksey Miller o`rtasida ishchi uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, uchrashuvda tomonlar hamkorlikning borish va istiqbollarini, jumladan, Rossiya gazini O`zbekistonga etkazib berish masalasini muhokama qilgan.
Ma`lumot uchun, 2023 yilning yanvar oyida ”Gazprom” va O`zbekiston Energetika vazirligi o`rtasida gaz sanoati sohasida hamkorlik qilish bo`yicha ”Yo`l xaritasi” imzolangan edi.






