AsosiyJamiyat

Indoneziya aviakompaniyasi Kuala-Lumpurdan Toshkentga parvozlarni yo`lga qo`yishi mumkin

'Indoneziya aviakompaniyasi Kuala-Lumpurdan Toshkentga parvozlarni yo`lga qo`yishi mumkin'ning rasmi

Indoneziyaning Batik Air aviakompaniyasi 2023 yil oktyabr oyi oxiridan boshlab Kuala-Lumpur va Toshkentni to`g`ridan-to`g`ri reyslar bilan bog`lashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kuala-Lumpur — Toshkent — Kuala-Lumpur yo`nalishi bo`yicha muntazam parvozlar haftasiga uch martagacha Boeing 737 MAX 8 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bunday niyatni aviakompaniya vakillari, O`zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi, Transport vazirligi va Samarqand aeroporti boshqaruv kompaniyasi ko`magida, Uzbekistan Airports bilan o`tkazilgan muzokaralar chog`ida bildirishdi.

Ma`lumot uchun, Batik Air — bosh qarorgohi Jakartada joylashgan Indoneziya aviakompaniyasi bo`lib, Indoneziya ichida muntazam yo`lovchi reyslarini amalga oshiradi. Kompaniya Lion Air arzon aviakompaniyasining shu`ba korxonasi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar