AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida uchta bir-biriga tutash uylar yonib ketdi

'Toshkent viloyatida uchta bir-biriga tutash uylar yonib ketdi'ning rasmi

Toshkent tumanida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Bugun, 30 may kuni soat 13:59 da Toshkent viloyati Toshkent tumani «Abdurahmonov» MFYda joylashgan bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong`in sodir bo`lganligi to`g`risida tuman FVBga xabar tushgan.

Shunga ko`ra 9 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 14:24 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 14:47 da o`rab olingan va soat 15:15 da o`chirilgan.

Yong`in natijasida 3 ta xonadonning taxminan 450 kv.m maydonda tom va ichki jihozlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar