Avval xabar berganimizdek, ayni paytda tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o`n birinchi s`ezdi bo`lib o`tmoqda.
Unda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan delegatlar qatnashmoqda.
Qayd etilishicha, 4 ta nufuzli xorijiy kompaniyaning loyihalari ishga tushirilib, avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo bo`ladi va ishlab chiqarish hajmi yillik 1 million donaga etkaziladi (hozir 350 ming).
Bunda, yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqariladi.
Umuman, sanoatda qo`shilgan qiymat hajmi 20 milliard dollardan 45 milliard dollarga etkaziladi.
Yuqori qo`shilgan qiymatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlash maqsadida, Sanoatni rivojlantirish jamg`armasi tashkil etiladi va unga 1 milliard dollar ajratiladi.
️Shuningdek, kelgusi yillarda:
- 50 ta nufuzli xorijiy brendlar bilan maxsus eksport zonalari tashkil qilinadi;
- tadbirkorlarga «tayyor biznes» shaklida bino berish maqsadida sanoat ipotekasi tizimi to`liq yo`lga qo`yiladi;
- har bir tumanda kamida mingta ish o`rni yaratadigan 2 tadan yangi sanoat zonalari tashkil etiladi;
- "Ay-ti" xizmatlari eksporti 5 milliard dollarga olib chiqiladi.






