AsosiyJamiyat

Har bir mahallada professional ijtimoiy xodimlar faoliyati yo`lga qo`yiladi

'Har bir mahallada professional ijtimoiy xodimlar faoliyati yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o`n birinchi s`ezdi bo`lib o`tmoqda.

️Endi, har bir mahallada professional ijtimoiy xodimlar faoliyati yo`lga qo`yiladi va ular ijtimoiy xizmatlarni manzilli asosda ko`rsatadi.

Og`ir hayotiy ahvolga tushgan yoki tushish xavfi yuqori bo`lgan har bir oila bo`yicha alohida “ijtimoiy xizmat ishi” ochiladi.

Ushbu oilalarda sharoitni yaxshilash, ularga davolash, dorilarni etkazish, farzandlarini bog`cha va maktabga joylashtirish, moddiy yordam berish kabi ijtimoiy xizmatlar ko`rsatiladi.

Og`irroq vaziyatdagi oilalarga psixologik yordam ham beriladi.

Bunday oilalarning hayot sifati amalda yaxshi tomonga o`zgargandan keyingina, “ijtimoiy xizmat ishi” yopiladi.

    Boshqa yangiliklar