Ayni paytda tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o`n birinchi s`ezdi boshlandi.
Unda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan delegatlar qatnashmoqda.
S`ezdda shu yilning 9 iyul kuni bo`lib o`tadigan muddatidan ilgari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O'zLiDePning ishtiroki va saylovda partiyadan ko`rsatiladigan nomzod masalasi muhokama qilinadi.
O`zLiDePdan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev o`z saylovoldi dasturida 5 ta eng asosiy yo`nalishga e`tibor qaratishini ta`kidladi.
Buning uchun har yili 200 milliard so`m ajratiladi.
Dunyodagi “Top-500”ga kiradigan chet el oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo`shma o`quv dasturi va “ikki diplomli tizim” joriy etiladi.
Bundan tashqari, bio-texnologiya, sun`iy intellekt va boshqa yuqori texnologik yo`nalishlarda yiliga 500 nafar iste`dodli yoshlarimizni eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan o`qishga yuboriladi.






