“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to`g`risida”gi qonun loyihasi muhokamaga qo`yildi.
Loyiha huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi qonunchilikni unifikasiya qilishga qaratilgan. Jumladan, loyiha bilan “Voyaga etmaganlar o`rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to`g`risida”gi va “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to`g`risida”gi qonunlar yagona qonunga birlashtirilmoqda.
Loyihaga muvofiq, profilaktik hisobga qo`yiladigan shaxslar doirasi qisqarmoqda. Mazkur chorani ayblilik masalasini xal etmasdan turib jinoyat ishi tugatilganda, mayda huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga va boshqa holatlarda qo`llamaslik belgilanmoqda.
Mazkur qonun qabul qilingan taqdirda 368,6 ming nafardan ziyod shaxslarga nisbatan (barcha profilaktik hisobda turganlarning 57,6%) profilaktik hisob bekor qilinadi.
Loyiha muhokamasi 8 iyunga bu qadar davom etadi.






