O`zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasining navbatdan tashqari Qurultoyida O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O`zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan nomzod ko`rsatish to`g`risidagi masala atroflicha muhokama qilindi.
Qurultoyda delegatlar O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Maxmudova Robaxon Anvarovnaning nomzodini qo`llab-quvvvatladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga “Adolat” sosial-demokratik partiyasining nomzodi Robaxon Maxmudova o`z Saylovoldi dasturining maqsad va vazifalari, ustuvor yo`nalishlarini Qurultoy qatnashchilari e`tiboriga havola etdi.
29.05.2023 18:40
⚡️Adolat SDPdan prezidentlikka Robaxon Maxmudovaning nomzodi qo`llab-quvvvatlandi






