Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.I. fuqaro M.A.ni go`yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o`qishga kiritib qo`yishi evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Farg`ona shahar bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.S. va Marg`ilon shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi kadrlar bo`yicha inspektori M.Sh. fuqaro F.A.ni ushbu texnikumga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
29.05.2023 17:08
Toshkent va Farg`onada o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi






