2023 yil bahorgi-yozgi mavsumga tayyorgarlik bo`yicha katta hajmli suv o`tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta`mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan suv bosimining pasayishi va vaqtincha bo`lmaslik holati kuzatiladi. Bu haqda "O`zsuvta`minot" AJ ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 29 may soat 09:00dan 30 may soat 09:00gacha suv o`chiriladi.
Mirzo Ulug`bek tumanida:
Urug`chilik markazi, Milliy bog`, Yangi tong, Alisherobod, Zafar, Jo`shqin, Sog`lom avlod, Farovon hayot, Jasorat, Nurli Zamin ko`chalarida, Anay buloq ko`chasi ko`p qavatli uyda, Texnika xavfsizligi oliygohida, Viloyat sud-tibbiyot ekspertizasida, Mehnat va ijtimoiy akademiyasida;
Sergeli tumanida:
"Nog`oyqo`rg`on", "Yuqori Darxon", "Belariq", "Pastdarxon" mahallalarida, Dehqon bozori, Sergeli avtomobil bozorida;
Yangihayot tumanida:
"Do`stlik", "Charag`on", "Viqor", "Al-Farg`oniy", "Toshkent", "Chortoq", "Chorbog`", "Yorqin hayot", "Olchazor", "Qipchoq", "Yo`ldosh", "Yangi Choshtepa", "Choshtepa", "Iqbol", "Fayzli" mahallalaridagi ko`p qavatli uylar va xususiy xonadonlarda, 37-sonli oilaviy shifoxonasida, 1-sonli tug`ruqxonasida, tuman hokimiyati va prokuraturasida.
Suv ta`minoti to`xtatilgan manzillarga maxsus texnikalarda suv etkazib beriladi,- deyiladi xabarda.