Ijtimoiy tarmoqlarda Shovot tumanida 1961 yilda tug`ilgan qaynota 1990 yilda tug`ilgan kelini bilan o`zaro kelishmovchilik natijasida yuzaga kelgan janjal natijasida oshxona pichog`i bilan o`ldirib qo`ygani haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokurorning matbuot kotibi mazkur holat yuzasidan bergan rasmiy bayonotiga ko`ra, qotillik bo`yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Ayblanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo`llanilgan.






