AsosiyJamiyat

Abiturentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinadi

'Abiturentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinadi'ning rasmi

Qonunchilikka ko`ra, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta`limning so`nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo`shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

 Baholarning o`rtacha ko`rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig`indisini o`qitilgan fanlarga bo`lish orqali chiqariladi.

Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o`tkaziladi:  

  • ️86–100 % uchun – 5 baho;
  • ️71–85 % – 4 baho;
  • ️56–70 % – 3 baho;
  • ️56 % gacha – 2 baho.

 

    Boshqa yangiliklar