AsosiyJamiyat

Toshkentda 15 yoshli qiz bilan jinsiy aloqa qilgan talabaga yigitga chiqarilgan sud hukmi o`zgartirildi

'Toshkentda 15 yoshli qiz bilan jinsiy aloqa qilgan talabaga yigitga chiqarilgan sud hukmi o`zgartirildi'ning rasmi

 Nemolchi.uz loyihasining Telegram kanalida 21 yoshli talaba yigit voyaga etmagan 15 yoshli qiz bilan tanishib, u bilan jinsiy aloqada bo`lib kelgani haqida xabar berildi. Xabarga ko`ra, 2022 yil sentyabr oyi oxirida u o`z xonadoniga voyaga etmagan qizni olib kelib, u erda jinsiy aloqada bo`lgan. 

Toshkent shahar sudi ushbu holat bo`yicha yigitga chiqarilgan hukmni e`lon qildi. 

Unga ko`ra, Jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudining 2023 yil 13 apreldagi hukmi bilan sudlanuvchi Sh. X. (2003 yilda tug`ilgan) o`tgan yilning kuzida voyaga etmagan jabrlanuvchi D. Sh. (2007 yilda tug`ilgan) ga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o`n olti yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoiy harakatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog`i vaqtini hisobga olish qoidalari) ga asosan Sh. X. ni 2022 yil 26 oktyabr kunidan 28 oktyabr kuniga qadar hibsda saqlangan 3 kunini har bir kunini ozodlikni cheklash jazosining bir kuniga tenglashtirgan holda chegirib tashlash yo`li bilan o`tash uchun 2 yil 11 oy 27 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirilib, uning zimmasiga  

  •  kafe, bar, restoran va boshqa ko`ngilochar joylarga bormaslik;

 

  •  ommaviy va boshqa tadbirlar o`tkazishda ishtirok etmaslik;

 

  •  mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini o`zgartirmaslik hamda Toshkent shahri hududidan tashqariga chiqmaslik;  

 

  •  jabrlanuvchi D. Sh. bilan ko`rishmaslik va har qanday usulda u bilan suhbatlashmaslik;

 

  •  alkogoli ichimliklar iste`mol qilmaslik kabi qo`shimcha taqiqlar (cheklashlar) yuklatilgan.

 

Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan keltirilgan protestga asosan ushbu jinoyat ishi Toshkent shahar sudining apellyasiya instasiyasida ko`rib chiqilib, jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudining sudining 2023 yil 13 apreldagi hukmi o`zgartirilgan.

Toshkent shahar sudi  jinoyat ishlari bo`yicha apellyasiya instansiyasi sudlov hay`atining 2023 yil 18 maydagi ajrimi ko`ra X. Sh. ning zimmasiga 2023 yil 13 apreldagi sud hukmi hukm qonuniy kuchga kirgandan so`ng

  • nazorat qiluvchi organning ruxsatisiz yashash, ish hamda o`qish joyini o`zgartirmaslik;
  • Internet tarmoqlaridan foydalanilmaslik kabi taqiqlar (cheklashlar) qo`shimcha ravishda yuklatilgan.

Mazkur ajrimdan norozi taraflar Jinoyat-prosessual kodeksining 498-moddasi (kassasiya tartibida qayta ko`rilishi mumkin bo`lgan sud hukmlari, ajrimlari) ga muvofiq Oliy sudga kassasiya tartibida shikoyat berishi yoki protest bildirishi mumkin, - deyiladi bayonotda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar