Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o`zaro janjallashganligi aks etgan video tarqaldi.
IIBB muhokamalarga sabab bo`lgan holat yuzasidan quyidagilarni ma`lum qildi.
Joriy yilning 21 may kuni taxminan soat 21.00 larda Yunusobod tumani 11-mavze hududida, 2005 va 2006 yilda tug`ilgan 3 nafar voyaga etmaganlar (R.X., M.A., X.X.) hamda 2006 yilda tug`ilgan 5 nafar voyaga etmaganlar (X.A., K.A, Yu.K., A.K, J.Q.) og`zaki tortishib qolganligi va tomonlar o`zaro janjallashib ketganligi aniqlangan. Janjal natijasida hech kim tan jarohati olmagan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda, yakuni bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`milanadi.






