AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida "peshexod"da avtomashina urib yuborgan ikki o`quvchi qizdan biri shifoxonada vafot etdi

'Toshkent viloyatida "peshexod"da avtomashina urib yuborgan ikki o`quvchi qizdan biri shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 15 may kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 2004 yilda tug`ilgan haydovchi S.X. boshqaruvidagi Damas avtomashinasida shaharning 21-maktab qarshisidagi piyodalar yo`lakchasidan o`tayotgan 14 yoshli ikki nafar o`quvchi qizni urib yuborib, yo`l-transport hodisasi sodir etgani haqida xabar berilgan edi.

Bugun, 24 may kuni YTH ishtirokchilaridan biri, 2009 yilda tug`ilgan M.Y. (maktab o`quvchisi) olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shifoxonada vafot etdi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati.

Mazkur YTHga haydovchi svetoforning qizil chirog`ida harakatlangani sabab bo`lgan edi. 

    Boshqa yangiliklar