AsosiyJamiyat

Xitoy Ukraina bo`yicha o`z pozisiyasini bildirdi

'Xitoy Ukraina bo`yicha o`z pozisiyasini bildirdi'ning rasmi

Xitoy "Ukraina muammosi" bo`yicha "tinchlik muzokaralarini ilgari surish" g`oyasi tarafdori. Xususan, Pekin xalqaro hamjamiyat bilan “Ukrainadagi inqiroz”ni siyosiy yo`lga qo`yishga ko`maklashishga tayyor. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao ning brifing chog`ida ma`lum qildi, deya xabar bermoqda Zamon.uz.

Xitoy rasmiysi Daniyaning iyul oyida Ukraina bo`yicha tinchlik sammiti o`tkazish va unga Hindiston, Xitoy va Braziliyani taklif qilish taklifini shu tarzda izohladi.

Bundan tashqari, Mao "Ukraina masalasida Xitoy tinchlik muzokaralari va siyosiy kelishuvga ko`maklashish tarafdori" ekanini ta`kidladi.

"Biz xalqaro hamjamiyat bilan ishlashga tayyormiz va Ukrainadagi inqirozga siyosiy echim topishda konstruktiv rol o`ynashda davom etamiz", — deydi u.

    Boshqa yangiliklar