AsosiyDunyo

Turkiya o`zining birinchi ballistik raketasini sinovdan o`tkazdi

'Turkiya o`zining birinchi ballistik raketasini sinovdan o`tkazdi'ning rasmi

Bugun, 23 may kuni Turkiyada birinchi milliy ballistik raketa Tayfun'ning yangi sinovlari bo`lib o`tdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa sanoati departamenti rahbari Ismoil Demir Twitter'da ma`lum qildi.

TRT telekanali xabariga ko`ra, raketa soat 06:44 (Toshket vaqti bilan 08:44)da Qora dengiz sohilidagi Rize-Artvin aeroporti hududidan uchirilgan. Uchirish vaqtida aeroport ichida va atrofida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ko`rilgan.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`an esa bo`lgan raketaning uchish masofasini 561 kilometrdan 1000 kilometrgacha oshirish rejalashtirilganini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar