Ijtimoiy tarmoqda Samarqandda voyaga etmagan bola fuqaroni urib yuborgani aks etgan video tarqaldi.
Viloyat IIB holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2023 yil 16 may kuni soat 21:30 lar atrofida Samarqand shahar I. Xoldun ko`chasida 2007 yilda tug`ilgan voyaga etmagan Samarqand shahrida yashovchi bola otasiga tegishli chet elda ishlab chiqarilgan transport vositasini tezlikni me`yoridan oshirib haydab, yo`lning qatnov qismidan o`tayotgan 1971 yilda tug`ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Yo`l-transport hodisasi oqibatida fuqaro tan jarohatlari olib Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga davolanish uchun yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






