Toshkent viloyati Ohangaron tumani "Qoraxitoy" mahallasidagi 12-umumta`lim maktabning kimyog`-laboratoriya xonasiga "Interaktiv ta`lim VR" dasturi joriy qilindi. Bu haqda xalq so`zi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, maktab o`qituvchilari va o`quvchilari bilan birga birinchi darslik sinovdan o`tkazildi. Keyin loyihaning mohiyati, afzalliklari o`quvchilarga tushuntirildi. Endilikda kimyo fanidan laboratoriya ishlarida o`quvchilar kimyoviy moddalar bilan to`g`ridan-to`g`ri ishlashi shart emas. Hammasi virtual shaklda olib boriladi, ya`ni mutlaqo xavfsiz.
Shuningdek, ushbu dastur Toshkent viloyatida birinchilardan bo`lib mazkur maktabda o`rnatilgan.
Ma`lumot uchun, o`tgan yili "Tashabbusli byudjet" loyihasining 2-mavsumida 12-umumta`lim maktabi jamoasi maktabni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash loyihasini portalga joylashtirib, ovoz yig`ish natijalariga ko`ra g`olib deb topilgandi. Byudjetning orttirib bajarilgan qismidan mazkur loyiha uchun jami 1,2 mlrd so`m mablag` ajratilib, ushbu mablag`ga turli innovasion texnologiyalar olib kelindi.






