AsosiyJamiyat

Xitoy O`zbekistonning chegaraoldi hududlarida logistika markazlarini tashkil qiladi

'Xitoy O`zbekistonning chegaraoldi hududlarida logistika markazlarini tashkil qiladi'ning rasmi

Xitoyning transport-logistika kompaniyalari O`zbekistonda qo`shma korxonalar tashkil etib, logistika markazlarini ochadi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov "O`zbekiston 24" telekanaliga bergan intervyusida ma`lum qildi.

Xitoy logistika kompaniyalari O`zbekistonda nafaqat tovarlarni ayirboshlab, transport xizmatlari ko`rsatadi, balki chegaraoldi hududlarida logistika markazlarini ham tashkil qiladi, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Shuningdek, "O`ztemiryo`lkonteyner" kompaniyasi bilan qo`shma korxona ham ochiladi.

Xitoy tomoni "O`zbekiston temir yo`llari" aksiyadorlik jamiyati huzuridagi "O`ztemiryo`lkonteyner" kompaniyasi bilan birgalikda qo`shma korxona tashkil etish, shuningdek, konteynerlashtirilgan tashuvlarni rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar