Keyingi yildan boshlab bola tug`ilganidan so`ng tegishli umumiy o`rta ta`lim muassasasida onlayn hisobga qo`yiladi, deya xabar bermoqda O`zA.
- 2024 yil 1 yanvardan boshlab:
bola tug`ilganidan so`ng doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy o`rta ta`lim muassasasida onlayn hisobga qo`yiladi;
- 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab:
nodavlat maktabgacha va umumiy o`rta ta`lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda o`qituvchilarning toifalari hamda bitta sinfda ta`lim oluvchilarning maksimal soniga qo`yilgan talablar engillashtiriladi;
- 2023/2024-o`quv yilidan boshlab:
“Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” maktablarini tashkil qilinadi;
- 2024 yil 1 apreldan boshlab:
“Barkamol avlod” bolalar maktablari a`zolarining IT-ta`lim xizmatlarini ko`rsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda robototexnika yo`nalishlari bo`yicha startap loyihalarini qo`llab-quvvatlash uchun har yillik grantlar ajratib boriladi.
23.05.2023 11:26
Endi bola tug`ilishi bilan maktabga onlayn hisobga qo`yiladi






