Bu haqda O`zA yozmoqda. 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab:
- Umumiy o`rta ta`lim muassasalari direktorlariga o`z o`rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo`shatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida o`quv rejalariga 15 foizgacha o`zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi;
- Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali umumiy o`rta ta`lim muassasalari direktorlaridan iborat bo`lgan “Direktorlar kengash”lari tashkil etiladi;
- umumiy o`rta ta`lim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengash”i tavsiyasiga asosan Qoraqalpog`iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmalari tomonidan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
23.05.2023 10:51
Endi direktorlarni lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengashi" tavsiyasiga asosan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi






