AsosiyDunyo

Davlatlararo qidiruvda bo`lgan o`zbekistonlik ayol Rossiyada qo`lga olindi

'Davlatlararo qidiruvda bo`lgan o`zbekistonlik ayol Rossiyada qo`lga olindi'ning rasmi

Sankt-Peterburgning Primorskiy tumanida qidiruvda bo`lgan 58 yoshli O`zbekiston Respublikasi fuqarosi qo`lga olindi. Bu haqda Rossiya OAVlari xabar tarqatdi. 

Ma`lum bo`lishicha, ayol 21 may kuni kechki soat ettilarda Kolomyajskiy prospektidagi 2-uydagi 17-xonadonla qo`lga olingan. U 2020 yil avgust oyida do`stining kvartirasini aldov yo`li bilan 3500 dollarga sotib, pulni o`z foydasiga o`zlashtirib yuborgani uchun davlatlararo qidiruvda bo`lgan. 

Ayblanuvchi 8 may kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan qidiruvga berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar