Ozarbayjon va Armaniston o`rtasida tinchlik shartnomasi imzolanishi aniq. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Vilnyusda Litva prezidenti Gitanas Nauseda bilan qo`shma matbuot bayonotida ma`lum qildi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
“Men Litva prezidentiga Ozarbayjon va Armaniston o`rtasidagi tinchlik muzokaralari haqida ma`lumot berdim. Tinchlik muzokaralarining o`tkazilishi oxir-oqibat Kavkazga uzoq muddatli tinchlik olib keladi deb umid qilamiz… Tinchlik shartnomasi imzolanishi muqarrar deb hisoblaymiz va biz ushbu maqsadga erishish uchun konstruktiv sa`y-harakatlarni amalga oshirish uchun o`z hissamizni qo`shishga harakat qilmoqdamiz”, — dedi Aliev.
Ozarbayjon prezidenti ushbu tinchlik shartnomasi barcha xalqaro norma va tamoyillarga mos kelishi kerakligini qo`shimcha qildi.
Dushanba kuni ertalab Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Erevan Ozarbayjon hududini, jumladan, Tog`li Qorabog`ni tan olishga tayyorligini ma`lum qilgandi. Lekin buning bir sharti borligini ham aytgan.






