Jizzaxda taqiqlangan diniy materiallarni tarqatgan 19 yoshli yigitga 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. U o`zininng 58 kishilik telegram-kanalida turli hil diniy mazmundagi materiallarni joylashtirib, tanishlari bilan muhokama qilib kelgan.B u haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Sudlanuvchi o`zining telefonida 2020 yilning mart oyidan buyon muntazam ravishda telegram messenjeri orqali O`zbekistonda faoliyati taqiqlangan turli aqidaparastlik g`oyalari mavjud ma`lumotlar bilan tanishib kelgan.
Shundan so`ng, 58 nafar o`ziga yaqin tanishlari va boshqa shaxslarni o`zining shaxsiy Telegram-kanaliga qo`shib turli xil diniy mazmundagi materiallarni joylashtirib, muhokama qilib kelgan. Sud zalida u qilgan ishlaridan pushaymonligini bildirib, kechirib so`radi.
Jazoni og`irlashtiruvchi holatlar aniqlanmagani, sudlanuvchining oilaviy holati hamda mahalladan berilgan kafolat xati inobatga olinib, yigitga Jinoyat kodeksining 244−1-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan aybdor deb topilib, 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.






