Farg`ona viloyati IIB PPX xodimi M.G`offorov xizmatdosh sherigi A.R.ni "AK-74" rusumli o`q otar quroli bilan hazillashib otib qo`yadi. Bu haqda Vodiy 24 xabar bermoqda.
Avtomatdan uzilgan ikki o`q A.R.ga tegib, unga hayoti uchun xavfli bo`lgan jarohatlar etkazadi. Mudhish hodisa 2021 yil 16 avgust kuni ertalab ish joyida sodir bo`ladi.
Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilgan va M.G`. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblanib, jinoyat ishi sudga yuborilgan.
Zafarjon Omonov, Jinoyat ishlari bo`yicha Quva tumani sudining raisi:
- M.G`.ning ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan jinoiy qilmishi tasdig`ini topdi va u sud hukmi bilan tegishli jazoga tortildi hamda ichki ishlar tizimida ishlash huquqidan ham mahrum etildi.






